
Biz sizga o‘zimizning “NIHOL” restoranimizni taqdim etishdan mamnunmiz. Bizning muassasamiz tarixi 2005-yildan boshlanadi. Asosiy taomimiz bo‘lgan “Tovuq Tabaka” uchun firmaviy retsept mualliflik texnologiyasi asosida tayyorlanadi va restoran faoliyati davomida nafaqat Toshkent aholisi, balki poytaxt mehmonlari orasida ham katta mashhurlikka erishgan.
Shuni faxr bilan aytamizki, biz tovuqlarni Toshkent shahri atrofidagi o‘z fermalarimizda yetishtiramiz. Bu esa mahsulotlarimizning sifati va doimo yangi bo‘lishini ta’minlaydi, ayniqsa yozning issiq kunlarida bu juda muhim. Har qanday oshxonaning yuragi — bu oshpazlar jamoasidir. “NIHOL”da poytaxtdagi mashhur restoranlarda, jumladan “Anhor” restoranida ishlagan tajribali oshpazlar faoliyat yuritadi. Oshpazlarimiz fikricha, haqiqiy oshxonaning asosiy fazilatlari — professionallik, samimiylik, ijobiy kayfiyat va o‘z ishiga bo‘lgan muhabbatdir.
O'zingizga qulay xonani tanlang va maxsus xizmatdan foydalaning

Oilaviy yig'ilishlar uchun qulay xona

Keng va zamonaviy xona

Biznes uchrashuvlar uchun ideal
Yoqimli muhitdagi xona
Do'stlar davrasiga mo'ljallangan
Shinam va xususiy xona
Bayramlar uchun hashamatli xona





Toshkent shahar, Shifonur, Kichik halka yo'li 8